Kurtua Arbeloa va Alonso o'rtasidagi farq haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoadagi murabbiylar almashinuvidan keyin nimalar o'zgargani haqida gapirib berdi. Ikki haftadan kamroq vaqt oldin Xabi Alonso "qaymoqranglilar" boshqaruvchisi lavozimidan bo'shatilgandi - o'shanda uning o'rnini Alvaro Arbeloa egallagandi.
- Arbeloa bilan Alonso o'rtasidagi farq? Menimcha, farqlar unchalik ko'p emas, lekin har bir murabbiyning o'z yondashuvi bor, ba'zi detallar o'zgarishi muqarrar. Balki hozir hammasi yaxshi ketayotgandir," - deya Kurtuaning o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi ispan OAV.
"Real" shanba kuni La Liga doirasida safarda "Vilyarreal"ni mag'lub etdi (2:0). Yangi murabbiy qo'l ostidagi to'rtta o'yinda Madrid grandi uchta g'alabaga erishdi.