Kunya: "Tezroq natijaga erishishim kerak"

"Manchester Yunayted"ning yangi a'zosi Mateus Kunya jamoaga ta'siri haqida fikr bildirdi.
"Kelganimga bor-yo'g'i ikki oy bo'ldi, biroq klubdagi hozirgi holatda men bu erda anchadan beri bo'lgandek his qilmoqdaman.
Men imkon qadar tezroq natijaga erishishim kerak, chunki men qimmat futbolchiman", - deya Kunyaning so'zlarini keltiradi Globo.