Kunya: "Ronaldino "Manchester Yunayted"da o'ynashni orzu qilganini aytdi"

"Manchester Yunayted"ning yangi hujumchisi Mateus Kunya Ronaldino "qizil iblislar" safida o'ynashni istaganini aytdi.
"Ronaldino menga "Manchester Yunayted" uchun o'ynashni istaganini aytdi. U mening bu ajoyib klubga o'tganimdan xursand bo'ldi", - dedi 26 yoshli braziliyalik futbolchi.
Kunya joriy yozda 74 million evro evaziga "Vulverxempton"dan mankunianliklar safiga o'tdi.