"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya ketma-ket uchinchi o'yinda gol urdi.

Braziliyalik futbolchi Premer-liganing 17-turida "Aston Villa"ga qarshi o'yinda gol urdi.

Kunya bungacha "Bornmut" bilan 4:4 hisobidagi durangda gol urgan va "Vulverxempton"ga qarshi 4:1 hisobidagi g'alabada Bruno Fernandeshga golli uzatma bergan edi.

Hujumchi "Manchester Yunayted" safida avvalgi 12 ta o'yinida bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.