"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya mashg'ulotlardagi to'qnashuvda jarohat oldi. Braziliyalik "qizil iblislar"ning shanba kungi mashg'ulotida boshidan jarohat oldi, bu haqda Angliyadagi turli manbalar xabar bermoqda. Biroq, jurnalist Neytan Soltning ta'kidlashicha, futbolchi Premer-ligada "Everton"ga qarshi bo'lajak o'yinda jamoa qaydnomasida bo'ladi.

Mankunianliklarning "irislar" bilan uchrashuvi dushanba kuni bo'lib o'tadi, uning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 01:00 ga belgilangan.

Mateus Kunya o'tgan yozda "Vulverxempton"dan deyarli 75 mln evro evaziga "MYu" safiga qo'shilgandi. Hujumchi Ruben Amorim jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.