Kundega tibbiy ko'rik ham shart bo'lmadi

"Barselona" o'ng qanot himoyachisi Jyul Kunde "Vilyarreal"ga qarshi o'yinni (2:0) oxirigacha etkaza olmagan edi.
Ispan OAV 27 yoshli frantsuz son sohasidan jarohat olganini taxmin qilib, uni Ispaniya Superkubogi bahslarini ham o'tkazib yuborishini taxmin qilgandi. Ammo Kunde hech qanda jarohat olmagan. Futbolchiga hattoki tibbiy ko'riklar ham shart bo'lmadi. U 3 yanvar kungi "Espanol"ga qarshi o'yinga to'liq tayyor.
Kunde bu mavsumda 24 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist amalga oshirdi.