Kunde Ukraina terma jamoasi muxlislari haqida fikr bildirdi

Jyul Kunde Ukraina terma jamoasi muxlislari haqida gapirdi.
Frantsiya terma jamoasi 5 sentyabr kuni JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Polsha hududida bo'lib o'tadi.
"Polshada ukrainaliklar ko'p bo'lishini bilamiz, buni hisobga olyapmiz.
Ular nimalarni boshdan kechirayotganini tushunamiz.
Futbol va terma jamoa ba'zida qiyin damlarni boshdan kechirayotgan odamlarga 90 daqiqa chalg'ishga imkon beradi," - dedi Frantsiya terma jamoasi va "Barselona" himoyachisi matbuot anjumanida.