Kunde: "Oldinga qadam tashladik"

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde "Real Sosedad"ga qarshi o'yindagi g'alabadan (2:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Frantsuz jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.
"To'pni nazorat qilishda muammolarga duch keldik, ammo etarlicha vaziyatlar yaratdik va ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Jamoa yaxshi formaga kirdi. O'ylaymanki, sentyabr oyidagi tanaffusdan keyin o'yin va natijalar borasida oldinga qadam tashladik," - deya Kundening so'zlarini keltiradi Barca Universal.
"Barselona" La Liganing 7-turidan keyin "Real"ni 1 ochkoga ortda qoldirib, musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi.