Kunde JCh-2026dagi so'nggi o'yindan so'ng «Barselona»dagi maqsadlarini ma'lum qildi

«Barselona» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde o'z oldiga qo'ygan kelgusi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.
27 yoshli futbolchi JCh-2026 doirasidagi uchinchi o'rin uchun kechgan bahsning so'nggida zaxiradan maydonga tushdi, unda frantsiyaliklar Angliyadan mag'lubiyatga uchrashdi (4:6).
«Shaxsiy maqsadlarim qanday? «Barselona» bilan chinakamiga muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazmoqchiman, ammo avvalo kuchga to'lib qaytish uchun yaxshilab dam olib olishim kerak. Umid qilamanki, oldindagi mavsum avvalgisidan yaxshiroq bo'ladi va men «Barsa»ga iloji boricha ko'proq foyda keltira olaman», — deya Kundening so'zlarini keltiradi BarcaTimes.
«Ko'k-anorranglilar» vakili mundialda Frantsiyaning sakkizta o'yinida ham ishtirok etdi, bundan tashqari, Dide Desham oldingi ettita uchrashuvda uni asosiy tarkibda maydonga tushirgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar