Frantsiya terma jamoasi va «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Jahon chempionati yarim finali doirasidagi Ispaniya va Frantsiya o'rtasidagi bahs oldidan Lamin Yamal tomonidan aytilgan gaplar raqiblar o'rtasida keskinlik keltirib chiqargani haqidagi taxminlarni rad etdi. Avvalroq Yamal Frantsiya «Ispaniyadan qo'rqishi kerak»ligini aytgandi.

Kunde yosh vingerning o'ziga bo'lgan ishonchi uning xarakterini aks ettirishini va Laminning so'zlari Frantsiya terma jamoasining yarim finalga tayyorgarligiga ta'sir qilmaganini ta'kidladi.

«Lamin tomonidan hech bir vaziyatda hurmatsizlik sezmadik. Men Laminni juda yaxshi bilaman, bu uning o'ziga bo'lgan ishonchidan dalolat beradi», — dedi Kunde matbuot anjumanida.

Manba: Stadion.uz