Kunde "Barselona" safidagi 150-uchrashuvini o'tkazdi

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va turnirning amaldagi chempioni "PSJ"ga mag'lub bo'ldi. Shu tariqa, kataloniyaliklar o'z futbolchilaridan birining yubileyini munosib tarzda nishonlay olmadi.
Frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde barcha musobaqalarni hisobga olgan holda "Barselona" safida 150-o'yinini o'tkazdi. U 2022 yil yozida Ispaniyaning boshqa bir klubi - "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tgan edi.
U Kataloniya grandida to'p surgan frantsiyalik futbolchilar orasida peshqadam Erik Abidaldan (193 o'yin) 43 ta o'yinga ortda qolmoqda.