«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde o'z kelajagiga doir qarorini ma'lum qildi. Frantsuz futbolchisi «ko'k-anorranglilar» lagerida qolishga qaror qildi.

Bundan oldinroq Kataloniya klubi Kundeni sotib yubormoqchi (undan qutilmoqchi) ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi jamoadan ketish niyati yo'qligini ochiq-oydin bildirdi.

«Mening shartnomam 2030 yilgacha mo'ljallangan. Ayni paytda men «Barselona» futbolchisiman va bundan keyin ham shunday bo'lib qolishga umid qilaman», — dedi Kunde.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kunde faoliyatini «PSJ» yoki APL klublaridan birida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.