Kunde «Barselona»dagi frantsiyalik futbolchilar orasida mutlaq etakchiga aylanishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 32-turida «Selta»ni minimal hisobda mag'lub etdi. Ushbu o'yinda frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde «Barsa» safida maydonga tushish bo'yicha vatandoshi Usmon Dembele bilan tenglashib oldi.
Endilikda har ikki futbolchi hisobida barcha musobaqalarda 185 tadan o'yin mavjud. Agar Kunde jamoadan ketmasa, yil yakuniga qadar «Barselona» tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan frantsiyalik futbolchiga aylanishi mumkin. Hozirda bu boradagi rekord Erik Abidalga tegishli bo'lib, u kataloniyaliklar safida jami 193 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Eslatib o'tamiz, Jyul Kunde 2023 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Andalusiyaning «Sevilya» klubi a'zosi edi.