Kulushevski va Kudus «Tottenxem»ning mavsumoldi turnesini o'tkazib yuboradi

«Tottenxem» Yangi Zelandiya va Avstraliyadagi mavsumoldi turnesi uchun 35 nafar futbolchidan iborat tarkibni e'lon qildi. Daily Mail xabariga ko'ra, qaydnomaga Deyan Kulushevski va Muhammad Kudus kiritilmadi.
Kudus yanvarda olgan to'rt boshli mushagi jarohatidan so'ng tiklanishda davom etmoqda. U mashg'ulotlarga qaytgan bo'lsa-da, klub uning maydonga qaytishini shoshirtirishni xohlamayapti. Kulushevski esa tizzasidan operatsiya o'tkazgan va 14 oydan beri «shporlar» safida maydonga tushgani yo'q. Uning qachon safga qaytishi hanuz noma'lumligicha qolmoqda.
Tarkibdan, shuningdek, xochsimon bog'lamlaridagi operatsiyadan so'ng tiklanayotgan Vilson Odober va Xavi Simons ham o'rin olishmadi. Gulelmo Vikario esa kichik jarohati sababli yig'inni o'tkazib yuboradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar