Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali kelasi mavsumda ham "Al-Hilol"da o'ynaydi.

Saudiya Arabistoni klubi o'z veb-saytida senegallik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Kulibali 2027 yil o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi. Kulibali 2023 yilda "Al-Hilol"ga qo'shilgandi.

Bungacha himoyachi Evropada "Mets", "Genk", "Napoli" va "Chelsi" jamoalarida o'ynagan. Kulibali yaxshi maosh evaziga Saudiya Arabistonini tanlaganini yashirmadi, ammo keyinchalik mahalliy liganing yuqori darajasini ta'kidladi.