Kukurelya Yamalning o'sishiga baho berdi

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya vinger Lamin Yamalni ko'rsatayotgan o'sishi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Yamal futbolchi va shaxs sifatida juda tez ulg'aymoqda. Evrodan keyingi o'tgan ikki yil ichida u sezilarli darajada o'sdi. Hozir u ancha vazmin va mulohazali bo'lib qolgan. Yoshiga qarasangiz — u hali ham bolakay, lekin maydonda va hayotda haqiqiy erkakdek harakat qiladi. Yosh — bu shunchaki raqam, men unda juda ulg'aygan insonni ko'ryapman», — deya Kukurelyaning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi. Luis de la Fuente shogirdlari Jahon chempionati guruh bosqichining ikki turidan so'ng 4 ochko jamg'argan holda «H» guruhida peshqadamlik qilmoqda. «Qizil furiya» dastlabki turda Kabo-Verde (0:0) bilan durang o'ynadi va ikkinchi turda Saudiya Arabistonini (4:0) mag'lubiyatga uchratdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar