"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan Lamin Yamal haqida gapirdi.

"Ko'k-anorranglilar"ning 18 yoshli vingeri pubalgiyani bartaraf etish uchun zarur bo'lgan tibbiy muolajalar tufayli Ispaniya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Jurnalistlar Kukurelyadan yosh yulduz haqida so'rashdi.

- Ikki haftadan keyin "Chelsi" Chempionlar Ligasida "Barsa" bilan to'qnash keladi va siz Yamalga qarshi maydonga tushishingizga to'g'ri keladimi?

- Menimcha, Lamin terma jamoa lagerini tark etdi, chunki men unga "uy vazifam"ni shu erda, u bilan birgalikdagi mashg'ulotlar paytida bajarishni boshlashimni aytdim", - deb hazillashdi "ko'klar"ning laterali.

"Chelsi" - "Barselona" bahsi 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi.