"Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya matbuot anjumanida o'zining mashhur uzun sochlari haqidagi savollarga javob berdi.

— Agar Ispaniya Jahon chempionatida g'olib chiqsa, sochingizni oldirishga tayyormisiz?

— Yo'q, mening sochlarim — muqaddas.

— Agar tanlash kerak bo'lsa-chi: sochni oldirish yoki "Real Madrid"da o'ynash?

— Xo'sh... Men sochimni oldirgan bo'lardim.

Qayd etish joizki, 27 yoshli Mark Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.