Kukurelya Mourinoning qo'ng'irog'i haqida gapirdi: «Bu faxrlanish uchun asosdir»

Himoyachi Mark Kukurelya «Real»ga ko'chib o'tdi va endi Joze Mourino qo'l ostida to'p suradi. Futbolchi portugaliyalik murabbiyning qo'ng'irog'i haqida gapirib berdi.
«Mourino darajasidagi murabbiy senga qo'ng'iroq qilsa — bu faxrlanish uchun asos bo'la oladi. U avval menga xabar yozdi, keyin esa qo'ng'iroq qildi. Senga telefon qilib, shunday gaplarni aytishsa — bu juda muhim. U bilan ishlashni intizorlik bilan kutyapman. Hozirda ajoyib sport formasidaman va «Real»da o'ynashni juda ham xohlayman. Bu katta chaqiruv. «Real»da barcha futbolchilar kuchli, tarkibga kirishib ketish oson bo'lmaydi. Har bir o'yinda 100 foiz tayyor bo'lishing kerak. Chunki barcha jamoalar «Real»ni mag'lub etishni istaydi», — deya Kukurelyaning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino avval ham 2010–2013 yillarda «Real» klubini boshqargan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar