"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya La Liganing xorijda o'yin o'tkazish fikrini qo'llab-quvvatladi. Bu hafta UEFA istisno tariqasida Primera o'yinini Ispaniyadan tashqarida o'tkazishga ruxsat berdi. Shu tariqa "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv AQShda bo'lib o'tadi.

"Bu yaxshi bo'lishi mumkin, chunki u erda bo'lgan va sayohat qilishga qurbi etmaydigan odamlar Ispaniya ligasi o'yinini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladi," - deya Kukurelyaning so'zlarini keltiradi Sport.es.

Bugun, 8 oktyabr kuni La Liga Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvi 2025 yilning 20 dekabr kuni AQShning Florida shtati Mayami shahridagi "Xard Rok" stadionida bo'lib o'tishini rasman e'lon qildi.