Himoyachi Mark Kukurelya Londonning «Chelsi» klubidan Madridning «Real» jamoasiga ko'chib o'tdi. Kukurelya Entso Fernandesning ham Madridga ko'chib o'tishiga umid qilmoqda.

«Entso Fernandes meni «Real»ga o'tganim bilan tabrikladi. Umid qilamanki, uning ham omadi keladi va u ham «Real»ga transfer qilinadi», — deya Kukurelyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline nashri.

Avvalroq, «Real» 25 yoshli Entso Fernandes transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yarim himoyachini o'z jamoasida ko'rishni shaxsan Joze Mourinyu xohlamoqda. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis yaqinda o'z faoliyatida ikkinchi bor «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Manba: Stadion.uz