«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya Entso Mareskaning London klubi bosh murabbiyligidan bo'shatilishi borasida o'z fikrini bildirdi.

«Men bu qarorni tushunmayapman, biz ancha yaxshi o'ynayotgan edik, bizda aniq o'yin strategiyasi bor edi. Hammamizning hafsalamiz pir bo'ldi, bu futbolchilar uchun haqiqatan ham og'ir», — dedi Kukurelya matbuot anjumanida.

Entso Mareska 2024 yil yozidan 2026 yil yanvarigacha «Chelsi»ni boshqardi. Uning qo'l ostida London klubi Konferentsiyalar Ligasi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqdi.

Hozirda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 31 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinda bormoqda. «Ko'klar» joriy mavsum yakunlariga ko'ra Chempionlar Ligasiga yo'llanma ololmaslik xavfi ostida turibdi.