Londonning "Tottenxem" klubi qanot hujumchisi Muhammad Quddus Angliya Premer-ligasining 7-turidan o'rin olgan "Lids"ga qarshi o'yinda debyut golini urdi.

Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv ayni daqiqalarda davom etmoqda. Ayni paytda "shporlar" 2:1 hisobida oldinda bormoqda. "Tottenxem"ning gollaridan biriga yozda "Vest Xem"dan qariyb 65 million evroga xarid qilingan 25 yoshli vinger Kudus mualliflik qildi.

Aytish kerakki, Kudus ayni damda "Tottenxem" safida barcha turnirlar doirasida o'ninchi o'yinini o'tkazmoqda. "Lids" bilan o'yindan oldin uning hisobida to'rtta assist bor edi.