«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasi guruhdan chiqqanidan keyin musobaqadagi istiqbollari haqida nimalar o'ylayotganini so'zlab berdi.

Bugun ispanlar 1/16 finalda Avstriyaga qarshi bahs olib borishadi, muvaffaqiyat qozonilgan taqdirda esa keyingi bosqichda Portugaliya – Xorvatiya qarama-qarshiligi g'olibi bilan to'qnash kelishadi.

«Pley-offda xato qilishga haqqimiz yo'q, lekin biz hech qanday bosimni his qilmayapmiz. Aksincha, o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz va keyingi bosqichga chiqish ishtiyoqida yonyapmiz. Maqsadimiz – turnirda g'olib chiqish. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz», – deya Kubarsining so'zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.

«Qizil furiya»ning Avstriyaga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz