Kubarsi: «Frantsiya terma jamoasidagi futbolchilarning teri rangi muhim emas»

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi mamlakat sobiq bosh vazirining Frantsiya terma jamoasi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Avvalroq Ispaniya sobiq bosh vaziri Mariano Raxoy jahon chempionati-2026 yarim finalida Frantsiya terma jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida gapirar ekan, shunday degandi: «Ularning tarkibi ajoyib – faqat, haqiqiy frantsiyaliklarsiz. Mening ichim sezib turibdiki, biz g'olib bo'lamiz».
«Agar ular Frantsiya terma jamoasida o'ynayotgan bo'lsa, demak, ular frantsiyaliklardir.
Ularning teri rangi qanday bo'lishidan qat'i nazar, barchaga nisbatan bag'rikeng bo'lishimiz kerak. Biz hammamiz insonmiz va hurmatga loyiqmiz», – dedi «Barselona» futbolchisi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar