"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoadoshi Xavi Espartning asosiy jamoadagi debyuti haqida fikr bildirdi.

Xans-Diter Flik 18 yoshli vingerni birinchi marta Chempionlar Ligasida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushirdi.

Yosh ispaniyalik futbolchi 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Espart ajoyib yigit. Men u bilan "La Masiya"da ham, yoshlar futbolida ham ko'p vaqt o'tkazdim. U allaqachon nimalarga qodirligini ko'rsatdi, Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida maydonga tushib, yaxshi o'yin ko'rsatdi. Umid qilamizki, u shu ruhda davom etadi. Murabbiy unga imkoniyat berganidan juda xursandman", dedi 19 yoshli Kubarsi intervyusida.