"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi "Real Ovedo" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) jamoadoshi Gaviga murojaat qildi.

O'yindan biroz oldin 21 yoshli yarim himoyachi tizzasidan olgan jarohati tufayli yilning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi ma'lum qilingandi.

U operatsiya qilindi va uning reabilitatsiyasi taxminan 4-5 oy davom etishi kutilmoqda.

"Gaviga aytmoqchimanki, biz u bilanmiz. "Barselona" - katta oila va u haqiqiy jangchi va u har doimgidek qaytadi. Biz uni intiqlik bilan kutamiz", - deya Kubarsining so'zlarini keltiradi Barca Universal.