Kubarsi Alvares va Bastonining «Barselona»ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi klubning Xulian Alvares va Alessandro Bastoniga bo'lgan qiziqishi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Madridning «Atletiko» hujumchisi va Milanning «Inter» markaziy himoyachisi «ko'k-anorranglilar»ning transfer maqsadlari qatorida qayd etilgan, biroq kataloniyaliklarning moliyaviy qiyinchiliklari sababli ulardan hatto birini qo'lga kiritish ham nihoyatda mushkul bo'ladi.
«Alvaresning transferi? Xulian — top-futbolchi, dunyo darajasidagi hujumchi. Men unga qarshi o'ynaganman. U «Barselona» talablariga to'liq javob beradi deb hisoblayman.
Bastoni — ajoyib himoyachi. Men uning o'yinlarini bir necha bor ko'rganman va barchamiz u nimalarga qodirligini bilamiz. Lekin hammasi klubga bog'liq», — deya «Barca Universal» Kubarsining so'zlaridan iqtibos keltiradi.
Transfermarkt portali Alvares va Bastonining narxini mos ravishda 100 va 80 million evroga baholamoqda.