Kuarejma Xorvatiya bilan o'yin oldidan Portugaliyani keskin tanqid qildi

O'tmishda mashhur bo'lgan portugaliyalik futbolchi Rikardu Kuarejma Portugaliya milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi o'yinini tanqid ostiga oldi.
Mundialning guruh bosqichida Roberto Martines shogirdlari faqat bitta g'alabaga erishishdi — O'zbekiston terma jamoasi mag'lub etildi (5:0). Kongo DR va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvlar esa durang bilan yakunlandi.
«Jamoaga quvonch, baxt, kreativlik etishmayapti. Bizda doim bo'lgan o'sha shijoat (jur'at) va xohish etishmayapti. Xarakter etishmayapti. Futbolchilar tavakkal qilishdan qo'rqayotgandek taassurot uyg'onmoqda», — deya ekspertning so'zlarini LiveModeTV nashri keltiradi.
Portugaliya terma jamoasi «K» guruhida ikkinchi o'rinni egalladi. JCh-2026ning 1/16 finalida jamoa Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar