Kroyf shaxsan Sebalosning «Ayaks»ga o'tishini istamoqda

«Ayaks» sport direktori Yordi Kroyf Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalosning Amsterdam klubiga o'tishidan shaxsan manfaatdor.
Avvalroq niderlandiyaliklar 29 yoshli futbolchini 2026 yilning yozida sotib olishga tayyor ekanliklari haqida xabar berilgan edi.
AS nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Kroyf Sebalosni «Ayaks»ning tajribali o'yinchilar ham ishtirok etadigan yangi loyihasining bir qismi sifatida ko'rmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Sebalos barcha klub turnirlarida 22 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bo'lib, bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi.