Kroos Valverdening o'yiniga baho berdi

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa xavbeki Federiko Valverdening joriy mavsumdagi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Real» uchun o'rtamiyona kechayotgan ushbu mavsumda Fede jamoani oz bo'lsa-da o'z elkasida tortishga muvaffaq bo'ldi. U uchun ham hamma narsa ideal bo'lgani yo'q, biroq uning namoyish etayotgan sur'ati ham, «Manchester Siti»ga qarshi o'yini ham tasodif emas. Chunki u nafaqat yuqori sifatlarga, balki to'g'ri mentalitetga ham ega bo'lgan yigit. O'shandan beri u maydonda porlamoqda. Fede hozir ko'rsatayotgan daraja — shunchaki aql bovar qilmas. Umid qilamanki, bu hali uzoq davom etadi», — deya Kroosning so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
Joriy mavsumda Valverde «Real» safida barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o'tamiz, bugun, 7 aprel kuni Madrid klubi o'z maydonida UEFA Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ni qabul qiladi.