Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi, germaniyalik Toni Kroos joriy mavsumda OAV va muxlislar tomonidan keskin tanqidlarga uchrayotgan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemni qo'llab-quvvatladi.

«Uning Madriddagi birinchi yili juda aqlbovar qilmas darajada o'tdi. Bu meni juda hayron qoldirdi. U dunyodagi eng mukammal yarim himoyachilardan biri. Men unda juda kamyob va betakror xislatlarni ko'ryapman. Uning qobiliyati va maydondagi harakatlari haqiqatan ham o'ziga xos», — deya Kroosning so'zlarini keltiradi Goal.com.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 doirasida Angliya va Xorvatiya o'rtasidagi uchrashuvda (4:2) Jud Bellingem 47-daqiqada inglizlar jamoasini oldinga olib chiqqan edi.

Manba: Stadion.uz