Kroos "Real" va "Bavariya" stadionlari o'rtasida tanlov qildi

Germaniyalik sobiq futbolchi Toni Kroos "Santyago Bernabeu" va "Alyants Arena" stadionlari o'rtasida tanlov qildi.
Sobiq yarim himoyachi faoliyatini "Bavariya"da boshlagan va etti yil davomida asosiy jamoada o'ynagan. 2014 yilda futbolchi Madridning "Real" klubiga o'tdi va u erda o'n yildan so'ng faoliyatini yakunladi.
Sevimli stadioni haqidagi savolga javob berar ekan, Kroos "qaymoqranglilar" muxlislarini xursand qildi: "Santyago Bernabeu"mi yoki "Alyants Arena"? "Bernabeu". Dunyodagi eng yaxshi stadion," - deydi sobiq yarim himoyachi Romarioga bergan intervyusida.