«Real»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos madridliklar klubiga qaytib, u erda biror lavozimni egallashi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq Kroos Madrid klubida koordinator bo'lishi mumkinligi haqida yozishgan edi.

«Real»ga qaytish? Bu haqda hech narsa deyishni istamayman. Men hech narsa bilmayman. Bu men berishda davom etishim mumkin bo'lgan javob», — dedi Kroos Einfach mal Luppen podkastida o'z akasiga.

Ma'lumki, Toni Kroos 2024 yilning yozida Evropa chempionatidan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. «Real» ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. «Barselona» esa ulardan to'qqiz ochko ko'p jamg'argan.