"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoadan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

“Qaymoqranglilar” La Ligani muvaffaqiyatli boshlab, “Osasuna” (1:0) va “Real Ovedo”ni (3:0) mag'lub etishdi.

"O'ylaymanki, "Real" bu yozda transfer bozorida o'zini ancha mustahkamladi.

Bu mavsum avvalgisidan yaxshiroq bo'lishini kutyapman, ammo jamoaga hali o'sish uchun vaqt kerak", - deya Kroosning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.