Kroos «Real»da Vinisius bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirdi

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos "Qirollik klubi" safida Vinisius Junior va boshqa braziliyalik futbolchilar bilan munosabatlari haqida so'zladi.
«Menga braziliyaliklar har doim juda yoqqan — bolaligimdanoq. “Real”da Vinisius, Kazemiro, Militao bilan juda yaxshi munosabatlarda bo'ldim. Ular bilan til topish oson: ular hayotdan zavq oladi, nemislarnikidan butunlay boshqacha hayot tarziga ega. Kazemiro va Vinisius bilan maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunardik, ayniqsa Vini bilan — oramizda ajoyib o'zaro bog'liqlik bor edi. Maydon tashqarisida ham yaxshi muloqot qilardik. Agar maydondan tashqarida munosabatlar yomon bo'lsa, maydonda yaxshi munosabatga ega bo'lish qiyin. Men Vinining tezkor yugurishlaridan foydalanardim, u esa mening uzatmalarimdan», — deya Kroosning so'zlarini AS keltiradi.
Kroos «Real» tarkibida 2014–2024 yillar orasida to'p surgan. Shu davr mobaynida nemis yarim himoyachisi besh marta Chempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan.