Kroos o'zi bilan o'ynagan eng yaxshi futbolchini tanladi

Germaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos futbolchilik faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshini e'tirof etdi.
"Ronaldu men bilan bir jamoada o'ynagan eng yaxshi futbolchi," - deya nemisning so'zlarini keltiradi AS.
Eslatib o'tamiz, Kroos va Krishtianu 2014-2018 yillarda "qirollik klubi" safida birga to'p tepgan.