Kroos: "O'yin xaosga aylansa, "Real" dunyodagi eng xavfli jamoa bo'ladi"

Germaniyalik afsonaviy sobiq futbolchi Toni Kroos "Bavariya" va Madridning "Real" jamoalari o'rtasidagi yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuv natijasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Myunxenda Chempionlar ligasi chorak finali doirasida o'tgan bahs 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'lgan edi.
Ekspertning fikricha, "Bavariya" o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab turgan bo'lsa-da, uchrashuv yakunida "qaymoqranglilar" muvozanatni tiklashga juda yaqin kelishgan.
"O'yin hujumkor xaos va o'zaro zarbalar almashinuviga aylanib ketgan vaziyatda "Real" — dunyodagi eng xavfli jamoadir. Bu ularga juda yoqadigan uslub. Aynan shuning uchun ham "Real" hisobni tenglashtirishga yaqin edi", — dedi Kroos Einfach mal luppen ko'rsatuvida.
Javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.