Kroos: «Menimcha, «Real» muxlislari «klasiko»larda g'alaba qozonishni tanlashadi»

Germaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos "qirollik klubi" muxlislari haqida fikr bildirdi.
«Agar men «Real Madrid» muxlisiga La Ligada g'alaba qozonib, lekin «el-klasiko»da mag'lub bo'lish; yoki ikkala o'yinda ham g'alaba qozonib, La Ligada g'alaba qozonmaslik o'rtasida tanlov bersam, ular nimani tanlashlarini bilmayman, lekin menimcha, ular «klasiko»da g'alaba qozonishni tanlashadi», - dedi 36 yoshli sobiq futbolchi.