Germaniya terma jamoasi, "Real" va "Bavariya" klublari sobiq futbolchisi Toni Kroos tarixdagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi.

"Anchelotti - futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy. Karlo yulduzli jamoalarni boshqarishni hammadan yaxshi biladi," - deya sobiq yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Romario TV YouTube kanali.

Eslatib o'tamiz, Kroos "qirollik klubi"da Anchelotti qo'l ostida to'p tepgan.

Ayni paytda italiyalik murabbiy Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.