Kroos "Barselona" futbolchisini jahon futbolining asosiy iqtidori deb atadi

Madridning "Real" klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos zamonaviy futboldagi asosiy iste'dod egasini aytdi. Mashhur germaniyalik sobiq futbolchining tanlovi "Barselona" sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli vinger Lamin Yamalga tushdi.
"Yamal - bugungi kunda futboldagi asosiy iste'dod", - deya 2024 yilda faoliyatini yakunlagan Kroosning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Ispaniyalik yosh futbolchi "Oltin to'p-2025" so'rovnomasida faqat "PSJ" vakili Usmon Dembeledan ortda qolib, ikkinchi o'rinni egalladi. Joriy mavsumda Yamal "ko'k-anorranglilar" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.