Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Toni Kroos Angliya terma jamoasining Jahon chempionati–2026 dagi o'yin darajasiga baho berdi. Ilk uchrashuvda britanlar Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etgan edi.

«Birinchi o'yindagi harakatlaridan so'ng, Angliya men uchun mundialning asosiy 3 ta favoritidan biriga aylandi. Ushbu bahsda men Evro-2024 dagidan butkul farq qiladigan, mutlaqo boshqacha jamoani ko'rdim. Ularning o'rtasidagi farq er bilan osmoncha. O'yin sifatida juda katta o'sish sezilib turibdi», — deya sobiq yarim himoyachining so'zlarini keltirmoqda «Bild» nashri.

Tomas Tuxel shogirdlari Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvni 23 iyun kuni Gana terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Manba: Stadion.uz