Angliyaning «Tottenxem Xotspur» klubi himoyachisi Kristian Romero yozgi transfer oynasida jamoadan ketadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

«Romero shu yozda 100% «Tottenxem»ni tark etadi, o'tgan haftada paydo bo'lgan ma'lumot o'z tasdig'ini topdi. «Inter» ehtimoliy bitim ustida ishlamoqda va o'tgan hafta ma'lum bo'lganidek, tez orada futbolchining vakillari bilan bevosita muzokaralar boshlanadi. «Barselona» esa Romero nomzodini faqat markaziy himoyachilaridan biri ketgan taqdirdagina ko'rib chiqadi», — deb yozdi Romano.

Angliya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 28 yoshli Kristian Romero 23 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 8 ta o'yin, 1 ta gol va 2 ta natijali uzatma bor.

Manba: Stadion.uz