Kristian Romero Messining JCh-2026'dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

Argentina terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Kristian Romero 38 yoshli hujumchi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Leo formada, o'ylaymanki, u mundialda ishtirok etadi. Ammo uzil-kesil qaror uning qo'lida bo'ladi. Jamoaga tarkibda Messi bilan o'ynash yoqadi. Men va futbolni tushunadigan odamlar uchun Lionel tarixdagi eng yaxshisi", - deb Kristian so'zlarini keltirmoqda Tribal Football.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.