«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton «Liverpul»ga o'tishi mumkin. Mersisaydliklar bozorda talab yuqori bo'lgan ingliz futbolchisi uchun kurashda g'alaba qozonishga qat'iy qaror qilishgan, shu sababli allaqachon «Kristal Pelas» bilan muzokaralarni rejalashtirib qo'yishgan, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. Avvalroq, 22 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted», Madridning «Real» klubi va boshqa grandlar qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Transfermarkt portali ekspertlari Adam Uortonning qiymatini 60 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi «burgutlar» safida barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga ettita golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Payshanba kuni futbolchi jamoasiga Konferentsiyalar Ligasi finali yo'llanmasini qo'lga kiritishda yordam berdi.