«Kristal Pelas» yangi murabbiy izlamoqda

«Kristal Pelas» frankfurtning «Ayntraxt» klubi sobiq bosh murabbiyi Dino Toppmyoller bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Oliver Glasner Konferentsiyalar ligasi finalida g'alaba qozonganidan so'ng ingliz klubini tark etgach, «burgutlar» ayni damda faol tarzda yangi murabbiy izlamoqda.
Andoni Iraola klub uchun ustuvor maqsad bo'lib qolmoqda, ammo ispaniyalik mutaxassis hali o'z qarorini qabul qilganicha yo'q, u ayni paytda «Liverpul» va «Bayer»dan tushgan takliflarni ko'rib chiqmoqda.
45 yoshli Dino Toppmyoller Bundesliga mavsumi yakunlangach, ishsiz qolgan edi. «Ayntraxt» evrokuboklarga chiqa olmagan bo'lsa-da, «Kristal Pelas» nemis mutaxassisining saviyasini yuqori baholamoqda.