«Kristal Pelas» Oliver Glasnerning ketganini rasman e'lon qildi

Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner Londonning «Kristal Pelas» klubi bosh murabbiyi lavozimini rasman tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Glasner «burgutlar»ni 2024 yilning fevralidan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 121 ta o'yin o'tkazib, 53 ta g'alaba qozongan, 33 marta durang o'ynagan va 35 marta mag'lubiyatga uchragan. Ta'kidlash joizki, Glasner «Kristal Pelas»ni Angliya Kubogi va Superkubogi g'olibligiga olib chiqdi. Bundan tashqari, klub Konferentsiyalar ligasi g'olibiga aylandi. 51 yoshli avstriyalik mutaxassisga qadar «burgutlar» hech qachon yirik sovrinlarni qo'lga kiritishmagan edi.
Kutilishicha, yaqin orada Glasner «Milan»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.