"Kristal Pelas" himoyachisi Maksans Lakrua faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

Mail Sport jurnalisti Lyuis Stilning ma'lum qilishicha, 26 yoshli futbolchini "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Himoyachi "qizillar"ning short-listida bor. Shuningdek, Angliyaning amaldagi chempionlari "Bryugge"dan Joel Ordones, "Selta"dan Oskar Mingesa va "Brentford"dan Natan Kollinz variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Maksans Lakrua 2024 yilning yozida "Volfsburg"dan 18 million evro evaziga "Kristal Pelas"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda frantsuz "burgutlar" safida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Lakruaning narxini 35 million evroga baholamoqda.