"Kristal Pelas" Mateta bo'yicha A Seriya grandi taklifini rad etgan

"Kristal Pelas" hujumchi Jan-Filipp Matetani qo'yib yuborishga shoshilmayapti. 28 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida "burgutlar" safini tark etmoqchi, ammo klub xaridorlarga hech qanday imtiyoz bermoqchi emas.
Jurnalist Santi Auna ma'lumotiga ko'ra, Matetaning "Milan" bilan kelishuvi bor edi, ammo londonliklar "rossonerilar" taklifini rad etishgan. Xuddi shunday muammo Italiyaning boshqa bir klubi - "Yuventus" bilan muzokaralarda ham yuzaga keldi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Kristal Pelas" hujumchini sotishdan kamida 40-50 mln evro ishlab olmoqchi. Transfermarkt portali ekspertlari Matetaning narxini 40 mln evroga baholamoqda.