Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Avvalroq mersisaydliklar 28 yoshli senegallik futbolchi uchun 50 million evro taklif qilgandi, biroq London klubi o'yinchini sotmadi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 45 million evroga baholamoqda.

Sarr o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 da esa uning hisobida 4 ta uchrashuvda 4 ta gol va 2 ta assist bor.